"Union" - bu shahar markazida joylashgan elita turar - joy majmuasi. Majmua Anxor daryosi bo'yida joylashganligi sababli xonadonlardan ajoyib manzarani tomosha qilish mumkin. Eng yangi texnologiyalar asosida qurilgan 4 ta minora shaharga betakror go'zallik bag'ishlaydi. Golden House qurilish kompaniyasi uylar barcha zarur zamonaviy sharoitlarga ega va zilzilaga chidamli bo'lishi uchun puxta loyiha yaratdi. Ushbu uylardan xonadon sotib olish bilan bir qatorda, siz zamonaviy muhitdan bahramand bo'lasiz va farzandlaringiz kelajagi uchun foydali sarmoya kiritasiz. Uylar eng sifatli liftlar bilan jihozlangan.
“Union” turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua atrofida bir emas, balki 3 ta istirohat bog'i mavjuddir. Sizning oilaviy dam olish kunlaringiz juda qiziqarli o'tishi aniq. Bundan tashqari, ta'lim muassasalari, tibbiyot markazlari va savdo bozorlari uydan piyoda masofada joylashgan.
Xarid qilish yoki mazali ovqatlanish uchun uzoqqa borish shart emas. Binolarning birinchi qavatida savdo do'konlari, kafe va mehmonlar uchun kutish zali tashkil etilgan. Farzandlaringiz quvnoq vaqt o'tkazishlari uchun keng o'yin maydonchasi mavjud. Yer osti avtoturargohida barcha avtomobillar uchun joylar yetarlidir.
"Union" turar - joy majmuasining xonadonlari
Xonadonlar egalariga qora ishlov ko'rinishida topshiriladi. Siz xonadon maydoni va qavatini o'z xohishingizga ko'ra tanlashingiz mumkin. Majmuadagi xavfsizlik tizimi yuqori darajada ishlaydi. Kirish joyida “aqlli shlagbaum” mavjud va hovlida bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan.