"О'z Zamin" turar joy majmuasi – bu 15 qavatli zamonaviy monolit turar-joy binosi bo'lib, rivojlangan infratuzilma va puxta o'ylangan dizayn tufayli o'z aholisiga yuqori darajadagi qulaylik va shinamlikni taqdim etadi.
“O'z Zamin”ning asosiy afzalliklaridan biri bu uning monolit konstruksiyasidir, bu esa binoning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi. Monolit devorlar a'lo darajadagi issiqlik va ovoz izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo'lib, har bir xonadonda qulay va tinch muhit yaratadi.
Infratuzilma
Majmuaning rivojlangan infratuzilmasi qulay yashash uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlarni o'z ichiga oladi. Yaqin atrofda do'konlar, supermarketlar, kafe, restoranlar, dorixonalar, maktablar va bolalar bog'chalari joylashgan. Bu aholiga barcha kerakli mahsulotlar va hizmatlardan oson foydalana olish imkonini beradi.
"O'z Zamin" turar-joy majmuasida aholining qulayligi va xavfsizligi uchun zamonaviy xavfsizlik va videokuzatuv tizimlari mavjud.
Xonadonlar
"O'z Zamin" majmuasi turli xil turar-joy variantlarini taklif etadi, jumladan bir xonali, ikki xonali, uch xonali va to'rt xonali xonadonlar. Barcha xonadonlar qora shuvoq bilan taqdim etiladi, bu esa yangi egalarga o'zlari tanlagan pardoz materiallarini qo'llash va o'z xohishlariga ko'ra interyer yaratish imkonini beradi. 3 metrdan boshlanadigan baland shiftlar, xonalarga kenglik beradi va yaxshi tabiiy yorug'lik bilan ta'minlaydi.