"Infinity" - yangi elita turar joy majmuasi. Golden House qurilish kompaniyasi innovatsion g'oyalarga boy loyihani taqdim etdi. Majmuaning umumiy maydoni 56 000 m² ni tashkil etadi. Binoning tashqi tomonidan qaraganda, siz katta panoramali derazalar va ochiq terrassalarni ko'rasiz. Bu zamonaviy arxitekturadagi ko'rinish bo'lib, bu uni yanada hashamatli qiladi. Har bir inson bunday go'zal uylarda va qulay sharoitlarda yashashga loyiqdir.
"Infinity" turar - joy majmuasi infratuzilmasi
Majmua ko'plab umumiy ovqatlanish joylari, tibbiyot markazlari, ta'lim muassasalari va dam olish maskanlariga yaqin joyda joylashgan. Toshkent metrosi va avtobus bekatlari ham binodan yaqin masofada.
Majmua ichidagi sharoitlar sizga Yevropa uylari yoki besh yulduzli mehmonxonalarni eslatadi. Rang - barang o'yin maydonchasi mavjud. Bundan tashqari, har kuni ochiq havoda maroqli vaqt o'tkazishingiz uchun maxsus sayr yo'lakchasi tashkil etilgan. Muntazam ravishda sport bilan shug'ullanadiganlar uchun esa workout zona ham mavjud. Loyihaga yer osti avtoturargohi ham kiritilgan. Majmuada oila a'zolaringiz va avtomobillaringiz xavfsizligi uchun bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan.
"Infinity" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmua beshta 16 qavatli xonadonlardan iborat. Xonadonda ochiq terrasa va yozgi hovuzga ega bo'lishi katta afzalliklardan biri hisoblanadi. Siz va yaqinlaringiz bu yerda zerikmasligingiz aniq. 1, 2, 3, 5 xonali xonadonlarning maydoni 45 m² dan 249 m² gacha. Har bir xonadonda IP domofon o'rnatilgan.