"Sebzor" - bu bizning millatimiz va zamonaviylikni uyg'unligidagi yangi turar - joy majmuasi. U yetti qavatli va sakkiz qavatli uylardan iborat. Loyihaning asoschisi Golden House qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya 2009 yildan beri aholiga zamonaviy va mustahkam uylar taqdim etib kelmoqda. Xonadon dizaynida siz har bir qismiga o'zgacha yondashuvni ko'rishingiz mumkin.
"Sebzor" turar- joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua eng rivojlangan tumanlardan birida joylashgan. Markaz yaqinida joylashganligi uy egalariga ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Mamlakatimizning eng go'zal diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Mustaqilik maydoni majmuadan 10 daqiqalik masofada. Shuningdek, Gafur G'ulom metrosi piyoda 13 daqiqalik masofani tashkil etadi. Bundan tashqari, yaqin atrofda siz avtobus bekatlari, milliy taomlar restoranlari, savdo bozorlari va istirohat bog'larini topasiz.
Hovli atrofidagi maydon chiroyli landshaft dizaynga ega. Har bir metrdan samarali foydalanilgan. Yosh ota – onalar uchun o'yin maydonchasining mavjudligi muhim hisoblanadi. Farzandlaringiz istalgan vaqtda maxsus maydonchada xavfsiz o'ynashlari mumkin. Avtomobil joylashtirishingizda muammo bo'lmaydi, chunki 110 ta avtomobil uchun mo'ljallangan ochiq avtoturargoh mavjud.
"Sebzor" turar - joy majmuasining xonadonlari va narxlari
2, 3, 4, 5 xonali xonadonlarning maydoni 56 m² dan 245 m² gacha. Bino tashqi shovqindan himoyalangan va xonadonlarda havo aylanishi tizimi yaxshi ishlaydi. Har bir xonadonda isitish tizimi individualdir.