"Assalom bog'lar" - Golden House qurilish kompaniyasining ikkinchi loyihasidir. Ularning asosiy maqsadi nafaqat uylar, balki haqiqiy eko - kvartal yaratishdir. Umumiy maydoni 2000 m² bo'lgan ushbu komfort - klass turar - joy majmuasi daraxtlar va o'simliklarga boy. Maslahatchi sifatida botanika bog'i mutaxassislari taklif etiladi. Toza havo sizning kayfiyatingizni ko'taradi va ishdan qaytganingizda siz uchun ajoyib muhit yaratadi. Zamonaviy standartlarga javob beradigan xonadonni sotib olib, siz yaqinlaringizning turmush darajasini yanada oshirishingiz mumkin.
"Assalom bog`lar" turar - joy infratuzilmasi
Majmua atrofida kundalik hayotingizda zarur bo'ladigan ko'plab obyektlar mavjud. Metro va avtobus bekatlari yaqin masofada joylashgan. Shuningdek, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, hayvonot bog'i, savdo markazi, Botanika bog'i, restoranlar va tibbiyot markazlari mavjud.
Tabiiyki, majmua hududiga kirishda siz bir nechta dam olish zonalarni ko'rasiz. Sevimli bolalaringiz do'stlari bilan o'ynashlari uchun o'yin maydonchasi mavjud. Bu vaqt ichida siz mashg'ulot maydonida sport bilan shug'ullanishingiz mumkin. Bunday go'zal ko'rinishni buzmaslik uchun yer osti avtoturargohi ham tashkil etilgan.
"Assalom bog'lar" turar - joy majmuasining xonadonlari
15 qavatli bino 1, 2, 3 xonali zamonaviy xonadonlardan iborat. Qurilishda yuqori sifatli materiallar ishlatilgan. Shift balandligi 3 metr bo'lgan xonadonlarning maydoni 40 m² dan 81 m² gacha.