"O'z Makon" – bu umumiy maydoni 5000 m² bo'lgan go'zal biznes - klass turar - joy majmuasi. Ushbu 16 qavatli uylar Mirobod tumanida joylashgan. Takrorlanmas dizayn, zamonaviy qulayliklar, ko'p funksiyali hovli va yoqimli atmosfera sizning orzuingizdagi uyga to'liq mos keladi. Barcha qulayliklardan tashqari, majmuada aholining xavfsizligiga alohida e'tibor berilgan. Kuzatuv kameralari va maxsus yong'inga qarshi tizim mavjudligi sizning yaqinlaringiz doimo xavfsiz ekanligini anglatadi.
"O'z Makon" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Qurilishning boshida uy egalari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega qulay hudud tanlangan. Majmua yaqinida bir nechta savdo markazlari joylashgan. Maktab, restoran va poliklinika ham yaqin masofada joylashgan.
Ko'pgina zamonaviy turar - joy majmualaridan farqli o'laroq, ushbu 5 ta uyning barchasi quyosh panellari bilan jihozlangan. Bu sizning uyingizda elektr energiyasi tejamkor va uzluksiz bo'lishini ta'minlaydi. Binoning birinchi qavatlarida do'konlar va kafelar joylashgan. Hovlida yashil dam olish zonalar va bolalaringiz uchun keng o'yin maydonchasi mavjud. Avtomobillaringiz xavfsizligi uchun loyihaga yer osti avtoturargohi ham kiritilgan.
"O'z Makon" turar - joy majmuasining xonadonlari
Siz o'zingiz yoqtirgan rejalashtiruvdagi 1, 2, 3 xonali xonadonlardan birini tanlashingiz mumkin. Xonadonlarning maydoni 29 m² dan 79 m² gacha bo'lib, katta panoramali derazalarga egadir. Xonadonlarda smartfon tomonidan boshqariladigan video domofon o'rnatiladi.