"O'z Mahal" - bu eksklyuziv biznes - klass turar - joy majmuasi. Umumiy maydoni 2100 m² ni tashkil qiladi. Har bir metrdan maksimal samaradorlik bilan foydalanilgan. Golden House qurilish kompaniyasining loyihalarida nafaqat zamonaviy uylarning qurilishi, balki uy egalarining kelajagi haqida g'amxo'rlikni ham ko'rishingiz mumkin. Ushbu majmuada sizning baxtli hayotingiz uchun yaratilgan keng xonadonlar, ekologik toza hududlar va zamonaviy qulayliklar barchasi mavjud. Siz ushbu xonadonlardan birini sotib olish bilan bir qatorda, oilangiz va bolalaringizning kelajagi uchun foydali sarmoya kiritasiz.
"O'z Mahal" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua shahar markazida joylashgan. Ushbu uylarning afzalliklaridan biri ham shundadir. Atrofingizda eng yaxshi ta'lim muassasalari, savdo markazlari va dam olish maskanlari mavjud. Bir necha daqiqalik yo'l yurib siz o'qish va ishga borishingiz mumkin.
Majmua o'zining xususiy maktabiga ega. U IT yo'nalishlariga ixtisoslashgan va xonalari zamonaviy jihozlangan. Xususiy maktabdan tashqari, majmuada katta maydonga ega Food Market mavjud. Bu yerda supermarket, do'kon, kafe va restoranlarni ko'rishingiz mumkin. Bu sizga istalgan vaqtda sifatli mahsulotlarni sotib olishga yoki mazali taomlarni topishga yordam beradi.
"O'z Mahal" turar - joy majmuasining xonadonlari
Loyihada 9 ta zamonaviy uylar mavjud. Balandligi 3 metr bo'lgan turlicha rejalashtiruvdagi xonadonlar sotuv uchun mo'ljallangan. Ularning maydoni 37 m² dan 72 m² gacha.