«Ayvon» yangi turarjoy majmuasidagi xonadonlar keyingi uyingiz uchun eng zo'r tanlovdir. Uning loyihasi va qurilishi ushbu sohada 10 yildan ortiq tajribaga ega bolgan “Xon Saroy” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 8 qavatli turar joy binosi qurildi. Uning kamtarona va zamonaviy arxitekturasiga keng terrasalar ko'rk bag'ishlab turadi. Go‘zal xiyobonlari bor yam-yashil manzarali hovli esa kechayu kunduz videokameralar nazorati ostida.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi qulay joylashuv va rivojlangan tashqi infratuzilmaga ega. U metro bekatidan atigi olti daqiqa piyoda yurish masofasida joylashgan. Yaqin atrofda avtobus bekatlari bor. Shuningdek, Yunusobod oziq-ovqat bozori, univermag, yoqilg‘i quyish shaxobchasi, masjid yaqin jiylashgan. Maktab va bolalar bog'chasi uchun ham uzoqqa borishingiz shart emas.
Turarjoy majmuasi hududida avtomobilingiz uchun doim bo'sh joy bo'lishi kafolatlangan keng avtoturargoh mavjud. Barcha podyezdlarda yuk ko‘tarish quvvati 630 kg bo‘lgan shovqinsiz va tezyurar liftlar o‘rnatilgan. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida butun perimetr boʻylab videokuzatuv kameralari o'rnatilgan va xavfsizlik tizimi ishlaydi.
«Ayvon» turarjoy majmuasidagi xonadonlar
Turarjoy majmuasidagi barcha xonadonlarda 20 kvadrat metrgacha balkonlar mavjud. Ularda siz o'zingizning kichik hovlingizni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bu yerda siz loyihalashtirilmagan yoki tayyor pardoz ishlari amalga oshirilgan uylarni sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ko'chib o'tishdan oldin ta'mirlashga vaqt va kuch sarflashni yoqtirmaydiganlar to'liq ta'mirlashga buyurtma berishlari mumkin. Ta'mir turidan qat'i nazar, har bir xonadonda ikki qavat oynali plastik romlar, temir kirish eshiklari va ikki konturli avtonom isitish tizimi o'rnatilgan.