Murad Buildings qurilish kompaniyasi yana bir zamonaviy 5 qavatli turar-joy majmuasini qurdi. Bino g'arbiy va sharqiy uslublarning kombinatsiyasiga ega bo`lib, bu uni yanada jozibali qiladi. Bino Yunusobod tumanida, barcha manzillarga oson yetib olish imkoniyatiga ega bo'lgan qulay shahar hududida joylashgan. Qurilishda faqat eng yuqori sifatli materiallar va uskunalar ishlatiladi.
Uy egalarining xohish - istaklari va talablarini inobatga olgan holda, xonadonlarda yuqori sifatli va qulay sharoitlar yaratilgan. Ushbu zamonaviy uylarni sotib olish orqali siz oilangiz va yaqinlaringizning turmush tarzini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
"Amir Temur" turar-joy infratuzilmasi
Ushbu zamonaviy bino boy ichki va tashqi infratuzilmaga ega. Metro, maktab, bolalar bog'chasi, savdo markazi, bank, park va poliklinika piyoda borish imkoniyatiga ega yaqin masofada joylashgan.
Binoning tashqi tomonidagi 1-qavatida supermarket, "Safia" shirinliklar do'koni, o'quv markaz va dorixona joylashgan.
Majmua ichida zamonaviy bolalar o'yin maydonchasi, ochiq avtoturargoh, 24/7 xavfsizlik va videokuzatuv, sayr uchun maxsus yo'l, dekorativ o'simliklar va daraxtlar mavjud.
"Amir Temur" turar-joy majmuasining xonadonlari
Ushbu zilzilaga chidamli bino balandligi 3 metr bo'lgan 126 xonadondan iborat. Xonadonlarning maydoni 47 m² dan 154 m² gacha bo`lib, turli xil joylashuvga ega.
Binoda mustahkam Shveytsariya deraza romlari va zamonaviy Yapon Fuji liftlari mavjud bo'lib, har bir xonadon individual isitish bilan jihozlangan.