NovaCenter II – bu Mirzo Ulugʻbek tumanida Novastroy kompaniyasi tomonidan qurilgan yangi zamonaviy turarjoy majmuasi. Unda 8ta qavat, 2ta podyezd bor, xonadonlari esa shaharning manzaralari ochiladigan keng balkonlarga ega.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi Oltintepa va Parkent koʻchalari chorrahasida joylashgan boʻlib, aholiga transport ayirboshlash joylari va jamoat transporti bekatlaridan qulay foydalanish imkonini beradi. Yaqin atrofda maktab, bolalar bogʻchasi, Makro supermarket bor. Buyuk Ipak yoʻli metro bekati besh daqiqalik masofada joylashgan.
Aholining faol dam olishi va sogʻlom turmush tarzi uchun hovlida basketbol maydoni, yoga maydoni va qoyaga koʻtarilish devori jihozlangan. Bolalar ochiq havoda dam olishlari uchun oʻyin maydonchasi qurildi. Atrof obodonlashtirilgan, sayr qilishingiz yoki favvoralar bilan bezatilgan landshaftdan zavqlanib, skameykalarda dam olishingiz mumkin. Turarjoy majmuasida avtoturargoh ham mavjud, mashinangiz uchun joy topish endi muammo boʻlmaydi. Bu yerda aholi xavfsizligi ham puxta oʻylangan: hovli yopiq va unga avtomobillar kiritilmaydi, butun hudud boʻylab videokuzatuv kameralari, podyezdlarga esa domofonlar oʻrnatilgan.
Xonadonlar
NovaCenter IIda qulay toʻlov shartlari asosida balkonli ikki yoki uch xonali uylarni sotib olishingiz mumkin. Har bir xonadonda avtonom isitish tizimi, plastik derazalar va kirish eshiklari oʻrnatiladi.