"Livingood" - bu umumiy maydoni 5000 m² bo'lgan elita turar joy majmuasi. Binolar Yashnobod tumanida joylashgan va mixed - use uslubida qurilgan. Bu bir nechta arxitektura usullarning mukammal kombinatsiyasini anglatadi. Tashqi tomondan siz to'q rangdagi panorama oynalarni ko'rishingiz mumkin. Ushbu uylar nafaqat zamonaviy ko'rinishga ega, balki qurilishda ishlatiladigan har bir material eng sifatligi tanlangan va sinovdan o'tgan. Bunday takliflar har bir zamonaviy odamni qiziqtirishi aniq.
"Livingood" turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua yaqinida ko'plab bog'lar va diqqatga sazovor joylar mavjud. Shuningdek, ta'lim muassasalari va savdo bozorlari yaqin masofada joylashgan.
Binolarning tomida barcha aholi dam olishlari va turli tadbirlarni o'tkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu yerda siz restoran, terrasa va yashil maydonlarni ko'rishingiz mumkin. Bunday sharoitda sizning dam olish kunlaringiz yoki oilaviy tadbirlaringiz doimo unutilmas bo'ladi. Loyiha bo'yicha 4 qavatli yer osti avtoturargohi ham mavjud. Mamlakatimizning turar - joy majmualarida bunday avtoturargohlar sanoqli hisoblanadi.
"Livingood" turar - joy majmuasining savdo markazlari va xonadonlari
Bino 14 qavatdan iborat. Uning birinchi qavatlari savdo do'konlari uchun mo'ljallangan. Mehmonlar uchun esa chiroyli interyerga ega alohida kutish zali ham mavjud. Mijozlarga keng tanlovdagi 1, 2, 3 xonali xonadonlar taqdim etilgan. Ularning maydoni 26 m² dan 79 m² gacha, shift balandligi esa 3 metrni tashkil qiladi. Aholining xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan.