Yangi "Shoshkent" turar - joy majmuasi shahar markazida yashashni istaganlar uchun zamonaviy xonadonlarni taklif etadi. Majmuaning umumiy maydoni 20 000 m² ni tashkil etadi. 14 qavatli uylarning tashqi ko'rinishi uchun oq rang va qalin ustunlardan foydalanilgan. Zilzilaga chidamli 4 ta uy monolit tipga egadir. Aholining xavfsizligini ta'minlash maqsadida hududda zamonaviy kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Qorovul begona odamlar majmuaga kirmasligi uchun hovlini nazorat qiladi. Uylarning yuqori qavatida ko'rkam terrasa mavjud bo'lib, siz oilaviy dam olish uchun boshqa joyga borishingiz shart emas.
"Shoshkent" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmuani qurilishi uchun Yakkasaray tumani tanlangan bo'lib, u aholiga ulkan qulayliklar yaratadi. Uydan piyoda masofada Novza metrosi joylashgan. Bundan tashqari, yaqin atrofda maktab, bolalar bog'chasi, go'zallik saloni va tibbiyot markazi mavjud.
Hovlida o'yin maydonchasining mavjudligi ota - onalarni juda xursand qiladi. Uylar manzarali daraxtlar bilan o'ralgan. Majmuada yashovchilar uchun avtoturargoh bo'lishi juda muhimdir. Yer osti va yer usti avtoturargohlari sizning avtomobilingiz toza va xavfsiz turishi uchun tashkil etilgan.
"Shoshkent" turar - joy majmuasining xonadonlari
Oilangizga mos maydondagi xonadonni tanlashingiz uchun ikki xonali, uch xonali va to'rt xonali xonadonlar mavjud. Ularning maydoni 54 m² dan 113 m² gacha. Xaridorlar yangi xonadonlarini o'zlarining dizayni bo'yicha ta'mirlashlari uchun barcha xonadonlar qora ishlov ko'rinishida topshiriladi.