"Palazzo" – bu har bir xaridorga yoqadigan keng tanlovga ega komfort klass turar - joy majmuasi. Umumiy maydoni 12 000 m² ni tashkil qiladi. Majmua Italiya me'morchiligi asosida qurilgan va tashqi ko'rinishida oq va qizil ranglardan foydalanilgan. Ular birgalikda ajoyib uyg'unlikni hosil qiladi. Grand Capital qurilish kompaniyasining asosiy maqsadi mijozlar orzu qilgan mukammal uyni yaratishdir.
“Palazzo” turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan. U boy infratuzilma va qulay transport almashinuviga ega. Savdo markazlari, ta'lim muassasalari va boshqa zarur jamoat obyektlariga yaqin masofadaligi vaqtingizni tejaydi.
Majmua hududida kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Qo'riqchi kameralarni doimiy nazorat qiladi va barcha tashrif buyuruvchilarni kuzatib boradi. Bu yerda sizning bolalaringiz zerikmaydi. Rangli o'yingohlarga ega bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yo'lakchalar atrofida ekilgan daraxtlar va yashil maysazor hovliga yanada go'zallik bag'ishlaydi. Yana bir muhim qulaylik - bu hovlida tashkil etilgan ochiq avtoturargohdir.
"Palazzo" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmua yettita 8 qavatli uydan iborat. 1, 2, 3 xonali xonadonlarda asosiy ta'mirlash ishlari olib borilgan. Ularning maydoni 26 m² dan 90 m² gacha, shift balandligi esa 3 m.