"GC Tower" - Yakkasaray tumanida joylashgan eksklyuziv turar - joy majmuasi. Grand Capital qurilish kompaniyasi takrorlanmas dizaynga ega ajoyib loyihani taqdim etdi. Bu yerda yashash hattoki ishlash sizga yoqimli tuyiladi. Umumiy maydoni 8000 m² bo'lgan majmua aholiga shahar hayotining barcha afzalliklari va xonadondagi qulayliklarni taqdim etadi. Binoning mustahkamligiga katta e'tibor qaratilgan. To'g'ri tanlangan texnologiya va materiallar tufayli bino 9 balli zilzilaga bardosh bera oladi. Sizning yangi uyingiz ideal xonadon haqidagi barcha orzularingizni ro'yobga chiqarishga yordam beradi.
“GC Tower” turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua barcha kerakli manzillarga borish qulay bo'lgan joyda joylashgan. Bir necha daqiqalik masofada siz kundalik ehtiyojlaringiz uchun zarur bo'lgan barcha obyektlarni topishingiz mumkin.
Loyiha bo'yicha majmua hududida siz va oilangiz uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Betakror shahar ko'rinishiga ega restoranda siz oilaviy tadbirlarni nishonlashingiz mumkin. Sizning sevimli bolalaringiz uchun esa maxsus yozgi o'yin maydonchasi tashkil etilgan. Hudud kuzatuv kamerasi orqali to'liq nazorat qilinganligi sababli, bolalaringiz maydonchada o'zlari xavfsiz o'ynashlari mumkin. Ochiq avtoturargohga siz mashinalaringizni xavfsiz va qulay tarzda joylashtirishingiz mumkin.
"GC Tower" turar - joy majmuasining xonadonlari
Bino 33 qavatdan iborat bo'lib, uning arxitekturasi sizga haqiqiy qasrni eslatadi. Kompaniya mijozlarga 185 ta xonadonlarni bazaviy ta'mirlash yakunlangan holda taqdim etadi.