"La Terrace" - bu xonadonlar soniga emas, balki sifatga ko'proq e'tibor qaratilgan turar - joy majmuasi. Elite House bir nechta zamonaviy uylar qurish orqali xalqning ishonchini qozonishga muvaffaq bo'lgan. Ushbu majmua 2 000 m² maydonga ega. 4 qavatli binoda zamonaviy xonadonlar va yuqori qavatda mansarda qurilishi rejalashtirilgan. Uyning tashqi ko'rinishi Yevropa uslubida bo'lib, unga o'ziga xos go'zallik baxsh etgan. Ushbu uylardan xonadon sotib olish siz uchun maanfatli bo'ladi, chunki xonadonlar soni cheklangan va bu yerda sizning oilangiz haqiqiy zamonaviy muhitni his qiladi.
"La Terrace" turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua Yashnobod tumanida, Ohangaron metrosidan 10 daqiqalik piyoda masofada joylashgan. Uy atrofidagi hudud mukammal ijtimoiy infratuzilmaga ega. Davlat maktablari, bolalar bog'chasi, savdo markazi, Korzinka supermarketi, poliklinika va bank ham majmuaga yaqin joylashgan.
Hovli doim qorovul nazorati ostida. Shuningdek, bolangizni xursand qiladigan o'yin maydonchasi tashkil etilgan. Avtomobilni joylashtirishingiz uchun doim joy izlashning hojati yo'q. Majmuaning o'zida yer osti avtoturargohi ham mavjud.
"La Terrace" turar - joy majmuasining xonadonlari
Ushbu xonadonlarning afzalliklaridan biri bu katta ochiq terassaning mavjudligi. Uy istalgan qavatga tezda ko'tarilishingiz uchun lift bilan jihozlangan. Xonalarning balandligi 3,3 metr.