Ellips Garden Darhan – bu beshta osmono‘par binoni birlashtirgan noyob turar-joy majmuasi. U har biri 21 qavatli beshta binodan iborat. Ushbu majmuaning o‘ziga xosligi uning shaklida – u maxsus ellips shaklida loyihalashtirilgan bo‘lib, bu yashovchilar qulaylik va shinamlikni ta’minlaydi. "Ellipse Garden Darhan" o‘z loyihaviy maydonining 70% ini, ya’ni 30 ming kvadrat metrni, yashil zonalar uchun ajratgan. Ellipse Effect noyob konsepsiyasi tufayli Ellips Garden Darhan aholisi 22 dan ortiq afzalliklardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Xonalarni o‘z xohishingizga ko‘ra bron qilganingizda, darhol o‘z hududingizni «1+22» ga kengaytirasiz. Bu shuni anglatadiki, siz qo‘shimcha xonalar yoki joylar egasi bo‘lishingiz mumkin.
Infratuzilma
Turar-joy majmuasi poytaxtning eng rivojlangan tumanlaridan biri bo'lgan Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan. Yaqin atrofda poliklinikalar, tibbiyot markazlari, davlat maktablari va o'quv markazlari, mahalla fuqarolar yig'ini idorasi, shinam kafelar, restoranlar va bog'lar mavjud. Hamid Olimjon metro bekatiga yaqinligi shahar transportidan qulay foydalanish inkonini beradi.
Xonadonlar
Biznes sinfidagi taklif etilayotgan xonadonlar to‘liq pardozlangan holda quyidagi umumiy maydonlarga ega:
- Bir xonali xonadonlar: 37,44 dan 41,69 kvadrat metrgacha.
- Ikki xonali xonadonlar: 51,89 dan 57,49 kvadrat metrgacha.
- Uch xonali xonadonlar: 89,23 dan 127,44 kvadrat metrgacha.
- Uch xonali dupleks xonadonlar: 108,15 kvadrat metr.
Har bir xonadonning shift balandligi 3 metrdan boshlanadi, shuningdek, balkon va panoramali oynalar bilan jihozlangan bo‘lib, tabiiy yorug‘lik va atrofdagi go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.