Daho turar-joy majmuasi Koc Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan muhim loyihalardan biridir. Koc Group dunyo bozorda yirik xolding bo'lib, turli sohalarda qurilish va turli sohalarda 50 yildan ortiq tajribaga ega. U 3 qit'adagi 9 mamlakatda, shu jumladan O'zbekistonda ham qurilish ishlarini amalga oshirgan. Xususan Amudaryo daryosi ustida osma ko'prikni qurgan.
Daho TJM infratuzilmasi
"Daho" turar-joy majmuasi o'zining ko'lami bilan hayratda qoldiradi: 26 qavatdan iborat bo'lib, umumiy maydoni 1,6 gektarni tashkil etadi va 6 blokni o'z ichiga oladi. Ulardan 3 tasi biznes markazlari, 2 tasi esa turar-joy majmuasi. Loyiha Mixed-Use kontseptsiyasida amalga oshirilib, u turli toifadagi odamlar va korxonalar uchun mo'ljallangan. 761 ta mashinaga mo'ljallangan ikki qavatli er osti avtoturargoh ko'zda tutilgan.
Taras Shevchenko ko'chasida joylashgan "Daho" shaharning markazida joylashgan bo'lib, u zarur bo'lgan barcha narsalar vaxizmatlardan oson foydalana olish imkonini beradi. Majmua ichida turli xil qulayliklar mavjud: do'konlar, fitnes zali, yopiq basseyn, kovorking hududi, shuningdek, mazali taomlar va yoqimli muhitdan bahramand bo'lishingiz mumkin bo'lgan kafe va restoranlar. Majmua yaqinida ta'lim muassasalari, tibbiy markazlar, oziq-ovqat do'konlari hamda boshqa xususiy va davlat muassasalari joylashgan.
Daho TJM da xonadonlar
Daho turar-joy majmuasi turli xil rejadagi xonadonlarni taklif etadi. Ularning barchasi baland shiftli (3 metrdan), bu hududga qo'shimcha hajm va yorug'lik hissini beradi. Barcha kxonadonlar qora suvoq holida topshiriladi. Bu esa yangi egalariga o'z xohishiga ko'ra xonadonning ichki dizaynini mustaqil tanlash va o'zlarining g'oyalarini amalga oshirish imkonini beradi.