"Davr Residence" - bu rivojlangan infratuzilmaga ega elita turar - joy majmuasi. Kundan – kunga mamlakatimizda ko'p qavatli uylar soni ortib bormoqda va ularga talab ham yuqoridir. Agar siz zamonaviy, bardoshli, chiroyli va eng muhimi, xavfsiz ko'pqavatli uydan xonadon izlayotgan bo'lsangiz, unda Binar Group kompaniyasining Davr Residence loyihasi sizga yoqishi aniq. 14 qavatli bino uchun tanlangan klassik va sharqona uslublari uyg'unligi juda mos kelgan. Ushbu majmuada sizning oilangiz uchun maksimal sharoitlarni yaratish maqsadida tajribali mutaxassislar ish olib borgan.
“Davr Residence” turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua shaxsiy yoki jamoat transportidan foydalanish qulay bo'lgan joyda joylashgan. Yaqin atrofda tibbiyot markazi, istirohat bog'i, savdo markazi, bank, do'konlar, dorixona va ta'lim muassasalari mavjud.
Hovlida turli xil o'yingohlarga ega bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Dam olish zonalarida ota - onalar va katta yoshlilar ochiq havoda kayfiyatni ko'tarishi va charchoqlardan holi bo'lishlari mumkin. Qo'riqlanadigan hovlida avtoturargoh ham mavjud. Sifatli kuzatuv kameralari o'rnatilganligi sababli, siz yaqinlaringiz va xonadoningiz xavfsizligi haqida tashvishlanishingizga hojat yo'q.
"Davr Residence" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmuada 250 ta xonadonlar qurilishi va egalariga topshirilishi rejalashtirilgan. Xonadonlarning balandligi 3,1 metrni tashkil etadi va barchasi istish tizimiga egadir. 1 m² narxi 8 000 000 so'mni tashkil etadi. O'zingiz yoqtirgan xonadonni sotib olishda siz 20 oylik bo'lib to'lash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.