"Al Xorazmiy" - bu yana bir zamonaviy komfort - klass turar-joy majmuasi. Ushbu unikal loyihaning asoschisi Binar Group qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Bu zamonaviy ko'rinish va qulay muhitni birlashtirgan kompleksdir. Binoning o'ziga xosligi shundaki, tashqi ko`rinishida ko`rkamlikni aks ettiruvchi ochiq ranglar ishlatilgan. Majmua qulay rejalashtirishga ega keng va yorug ' xonadonlarni taklif etadi. Bu sizga oilangiz bilan zamonaviy sharoit va yoqimli muhitda yashashga imkon beradi. Binoning birinchi qavatlarida savdo do'konlari joylashgan.
"Al Xorazmiy" turar - joy majmuasining asosiy afzalliklari
- Qulay joy. Transport infratuzilmasiga yaqin masofa.
- Dam olish joylari mavjud bo`lgan yashil maydon.
- Avtomobil xavfsizligi uchun avtoturargoh.
- Zamonaviy bolalar maydonchasi.
- Xavfsiz turar-joy. Videokuzatuv va kirishni nazorat qilish tizimi mavjud.
- Sifatli qurilish materiallari va zamonaviy texnologiyalar.
- Yaqin atrofdagi joylar: maktab, bolalar bog'chasi, restoran, poliklinika, Atlas savdo markazi va park.
Bunday sharoitlar aholining qulayligi va xavfsizligi uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, ushbu imkoniyatlar sizning oilangizni, ayniqsa bolalaringizni xursand qiladi.
"Al Xorazmiy" turar-joy majmuasining xonadonlari
10 qavatli binoning devorlari sifatli g'ishtdan qurilgan. Mijozlarga 44m² dan 148m² gacha bo'lgan xonadonlarni taklif etadi. Bu shift balandligi 3 metr tashkil etadigan 1,2,3,4 xonali xonadonlardir. Majmua tezyurar liftlar bilan jihozlangan va har bir xonadonda domofon o'rnatilgan.