Art House qurilish kompaniyasi 2015 yildan beri zamonaviy ko'p qavatli turar -oy majmualarini qurib, mamlakatimizning yorqin kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Qurilish jarayonida aholi uchun barcha qulayliklarni yaratishga katta e'tibor beriladi. Art House kompaniyasi tez rivojlanib, ko'plab loyihalarni qisqa muddatda muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Loyiha muvaffaqiyatli va sifatli amalga oshirilishi uchun faqat zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanadi, xorijiy qurilish kompaniyalari tajribasini hisobga oladi va loyihalash, qurilish, rekonstruksiya va ta'mirlashda ilg'or innovatsiyalardan foydalanadi.
Bundan tashqari, "Art House" uylarining seysmik barqarorligi yuqori darajada. 9 ball va undan yuqori kuchdagi zilzilalarga bardosh berish uchun loyihalashtirilgan bu uylar, tabiiy ofatlar sharoitida ishonchli turar joy ta'minlaydi.
Uchtepa House nafaqat turar-joy majmuasi, balki yuqori qulaylik va ishonchlilik standartlariga mos ravishda yaratilgan innovatsion va xavfsiz uy hisoblanadi.
Infratuzilma
Uchtepa House, Uchtepa tumanida, Farhod ko'chasida, 23-kvartalda joylashgan.
"Uchtepa House"ning noyobligi avtomobillar uchun avtoturargohdan foydalanish qoidalarida ham namoyon bo'ladi. Faqatgina "Art House" uylarining egalari hududdagi avtoturargoh joylaridan foydalanish imtiyoziga ega bo'lib, boshqa avtomobillarning kirishini cheklaydi.