“Uchtepa Avenue” turar - joy majmuasi 25 000 kvadrat metr maydonda joylashgan zamonaviy uslub va qulaylikning timsolidir. Ushbu majmua mustahkamlik va chidamlilikni ta'minlash uchun yuqori sifatli g'ishtdan qurilgan 13 qavatli binolar bilan o'z aholisini kutib oladi. Yuqori darajadagi uylarning arxitekturasida siz Yevropa usullarini ko'rishingiz mumkin.
“Uchtepa Avenue” turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Uyga yaqin joyda Depo Mall savdo markazi, Korzinka supermarketi, poliklinika, maktab, bolalar bog'chasi joylashgan. Rivojlangan transport infratuzilmasi va avtoturargohlar mavjudligi tufayli majmuada hayot yanada osonroq bo'ladi. Ichki infratuzilma qulay hayotning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Hovlida siz chiroyli jihozlangan sport maydonchalari, yashil dam olish zonalari, shuningdek, oilaviy vaqt o'tkazish uchun zamonaviy o'yin maydonchalarini topasiz. 24 soat davomida ishlaydigan qorovul va zamonaviy xavfsizlik tizimlari bo'lajak aholining tinchlgi va ishonchini ta'minlaydi.
“Uchtepa Avenue” turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmua xaridorlarga shinam bir xonali studiyalardan tortib to to'rt xonali xonadonlarga qadar turar joylarni taklif etadi. Xonadonlarning maydoni 43 kvadrat metrdan hashamatli 191 kvadrat metrgachani tashkil qiladi. Uylar shiovqinsiz liftlar bilan jihozlangan. Xonadonlar egalariga qora ishlov ko'rinishida topshiriladi va xaridorlar o'z xohishiga ko'ra ta'mirlashni amalga oshirishlari mumkin.