“The Home Residence” yangi turarjoy majmuasi shahar markazida barcha qulayliklarga ega keng xonadonlarni taklif etadi. U ikkita toʻqqiz qavatli binodan iborat boʻlib, 21 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Uning ichida keng yer osti avtoturargohi, shinam va koʻrkam hovlida bolalar oʻyin maydonchasi jihozlangan. Turar-joy majmuasining birinchi qavati turli xil tijorat uchun ijaraga berilgan, shuning uchun aholi oʻzlariga kerak boʻlgan hamma narsani bir qadamlik masofada topadi.
Manzil
Turarjoy majmuasi Yakkasaroy tumanida qurilgan. U savdo markazlari, kafelar, restoranlar, koʻngilochar bogʻlar yaqinida joylashgan, aholi boʻsh vaqtlarida aslo zerikib qolmaydi. Maktab, bogʻcha, poliklinika, dorixonalar va doʻkonlar juda yaqin masofada joylashgan. Xarid qilish uchun uydan bir necha kilometr uzoqlikdagi Askiya bozoriga borishingiz mumkin. Bundan tashqari, avtomobil yollariga va jamoat transport bekatlariga qulay chiqish taʼminlangan
Uylar narxlari
Turarjoy majmuasida 1,2,3,4 xonali maydoni 39 kvadrat metrdan 121 kvadrat metrgacha boʻlgan kvartiralar qurilgan. Bir kvadrat metrning narxi 9 300 000dan boshlanadi.Gʻishtli monolit uylar oʻz egalariga pardoz ishlarisiz topshiriladi, bu esa oʻzingiz istaganday interyer yaratish imkonini beradi. Rivojlangan infratuzilma va qulay joylashuv “The Home Residence”ni haqiqiy qulaylikni qadrlaydiganlar uchun ideal yangi uyga aylantiradi.