“Status” turar-joy majmuasi Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon ko‘chasida “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatidan 40 daqiqa uzoqlikda joylashgan. Majmua komfort sinfiga mansub bo'lib, uchta to'qqiz qavatli binodan iborat va devorlari g'ishtdan qurilgan. Bu uning mustahkamligi va uzoq muddatli xizmat qilishini ta'minlaydi. Majmuaning umumiy maydoni 1,1 gektarni tashkil etadi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida ochiq avtoturargoh va tijorat binolari mavjud.
Infratuzilma
"Status" turar-joy majmuasi atrofidagi infratuzilma yaxshi rivojlangan. Majmua yaqinida do'konlar, dorixonalar, kafelar, maktablar, shuningdek, turli ko'ngilochar va dam olish maskanlari joylashgan. Shulardan Oltin Tepa, masjid, Media Park, Eco Park, Markaziy bog' va Yangi O'zbekiston hududlari mavjud. Bu esa aholiga barcha zarur xizmatlar va qulayliklarga oson kirish imkoniyatini ta'minlaydi. Yashashni yanada qulay va oson qiladi.
Xonadonlar
“Status” turar-joy majmuasidagi xonadonlar turli rejalashtirish va maydonlarga ega. Bu turli ehtiyoj va xohishlarga mos keladigan turar-joyni tanlash imkoniyatini beradi. Xonadonlar maydoni 53 kv.m dan 180 kv.m gacha bo'lib, ikki xonali, uch xonali va to'rt xonali variantlarni o'z ichiga oladi. Majmua shuningdek, birinchi qavatda podval bilan va to'qqizinchi qavatda mansarda bilan dupleks xonadonlarni ham taklif etadi. Bu esa noyob rejalashtirish yechimlari va qo'shimcha maydonni taqdim etadi.