Agar siz zamonaviy qulayliklarga ega yangi xonadon izlayotgan bo'lsangiz, unda "Shohona" turar - joy majmuasi sizga juda mos keladi. Zamin Qurilish kompaniyasining ekonom – klass turar - joy majmuasi sizning tasavvuringizdagi barcha sharoitlarni va undan ham yaxshisini taqdim etadi. Bino klassik uslubda qurilgan bo'lib, bu ko'pchilik uchun eng maqbul tanlovdir. Bundan tashqari, hovlida sizga ajoyib kayfiyat bag'ishlaydigan ko'plab manzarali daraxtlar va o'simliklar ekilgan.
"Shohona" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua o'zining boy infratuzilmasi bilan sizni xursand qiladi. 13 daqiqalik piyoda masofada Mirzo Ulug'bek metrosi va bir nechta avtobus bekatlari mavjud. Farzandlaringiz uchun ta'lim muassasalari va istirohat bog'lari ham uyga yaqindir.
Shuningdek, siz barcha oila a'zolaringiz xavfsizligi haqida tashvishlanmasangiz ham bo'ladi, chunki hovlida bitta emas, balki bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Aqlli va talabchan bolalar uchun mos zamonaviy o'yin maydonchasi ham tashkil etilgan. Uyga qaytganingizda avtomobilingizni joylashtirish uchun ochiq avtoturagohdan foydalanishingiz mumkin. Ishdan charchaganingizda yoki bo'sh vaqtingizda dam olish zonalarida yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazish juda yoqimlidir.
"Shohona" turar - joy majmuasining xonadonari
9 qavatli binoning devorlari uchun g'ishtdan foydalanilgan. Sotuvga bir, ikki va uch xonali xonadonlar mo'ljallangan. Shift balandligi 3,2 metr bo'lgan xonadonlardan o'zingiz yoqtirgan rejalashtiruvdagini tanlashingiz mumkin.