Zamin qurilish kompaniyasining yangi “Farhod” turarjoy majmuasi turli loyihalar va ishonchli kommunikatsiyalarga ega xonadonlarni taklif etadi. U Uchtepa tumanida qurilgan, uning atrofida rivojlangan infratuzilma joylashgan. Majmua ichida sogʻlomlashtirish markazi, futbol stadioni, bolalar maydonchasi, avtoturargoh va boshqa koʻplab sharoitlar haqiqiy farovonlikda yashashingiz uchun moʻljallangan.
“Farhod” turarjoy majmuasidagi xonadonlar
Turarjoy majmuasidagi bir xonali, ikki xonali, uch xonali xonadonlar chiroyli taʼmir bilan oʻz egalariga topshirildi. Ularning maydoni 48,9dan 88,7 kvadrat metrgacha. Uylarning devorlari gʻishtdan qurilgan, bu ularda chidamlilik va yuqori issiqlik izolyatsiyasini taʼminlaydi. Xonadonlarni muddatli toʻlov rasmiylashtirib sotib olishingiz mumkin.
Infratuzilma haqida batafsil
Obodonlashtirilgan uy hududida katta futbol maydoni bor. Bolalar maydonchasi xavfsiz va sifatli materiallardan qurilgan. Oilangiz yoki qoʻshnilaringiz bilan maroqli vaqt oʻtkazishingiz mumkin boʻlgan skameykalar va ayvonlar qoʻyilgan. Shuningdek, avtomobil egalari uchun toʻrt qavatli keng avtoturargoh qurilgan boʻlib, u hovlini avtomobillardan holi boʻlishiga yordam beradi. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida 24 soatlik qoʻriqlash tizimi, kameralar, domofonlar oʻrnatilgan. Turarjoy majmuasi qulay joylashuvga ega. Ichki hududda bolalar bogʻchasi va sport-sogʻlomlashtirish markazi mavjud. Maktablar va tibbiyot muassasalari bir qadamlik masofada joylashgan. Farhod bozori, Oazis va Atlas savdo markazlari ham yaqin.