"Platinum House" turar - joy majmuasi oilangiz bilan tinch va farovon yashash uchun eng yaxshi joydir. Majmua shahar markaziga yaqinligi tufayli siz doimo rivojlanishda oldinda bo'lasiz. 10 qavatli bino yangi texnologiyalar asosida klassik uslubda qurilgan va tashqi ko'rinishi uchun ko'proq oq ranglardan foydalanilgan. Komfort - klass turar – joy majmuasining hovlisi chiroyli landshaft dizaynga egadir. Xonadonlar mijozlarga toza ishlov ko'rinishida topshiriladi. Har bir xonadon yuqori sifatli isitkich, rom va eshiklar bilan jihozlangan. Uylarning podyezdlari keng va yorug'dir.
“Platinum House” turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Yashovchilar majmua yaqinida hech qanday muammosiz yaxshi ta'lim muassasalari va munosib ish topishlari mumkin. Buyuk Ipak Yo'li metrosi va avtobus bekati ham uydan yaqin masofada joylashgan. Bundan tashqari, sizning uyingiz yaqinida sport zali, restoran, tibbiyot markazi, go'zallik saloni va dorixona mavjud.
Majmuaning birinchi qavatlari savdo uchun mo'ljallangan. Bu yerda siz o'z biznesingizni rivojlantirish imkoniyati mavjud. Yashovchilar avtomobillari uchun yer osti va yer usti avtoturargohlari tashkil etilgan. Hovliga o'rnatilgan kuzatuv kameralari mavjudligi tufayli avtomobillar xavfsizdir.
"Platinum House" turar - joy majmuasining xonadonlari
Tanlov uchun xaridorlarga 2 va 3 xonali xonadonlar taqdim etiladi. O'rnatilgan tezyurar liftlar tufayli yashovchilar har qanday qavatga qulay va tez ko'tarilishlari mumkin. Ajoyib manzara va ochiq havoda dam olishni istaganlar uchun shinam terrasa mavjud.