"Gulsanam" – bu milliy yondashuvga ega zamonaviy turar - joy majmuasi. Uylar sharqona uslubda qurilgan va shaharning ko'rkiga aylangan. Yangi majmua loyihasi 21 000 m² maydonni o'z ichiga oladi. 8 qavatli binoning birinchi qavatlari tijorat uchun ajratilgan. Majmuadagi xavfsizlik tizimi ishonchlidir. Hovlida kuzatuv kameralari o'rnatilgan va qorovul 24/7 umumiy holatini nazorat qiladi. Fusion Platinum House qurilish kompaniyasi ushbu sharoitlarga ega bo'lgan xonadonlar uchun hamyonbop narxlarni belgiladi. Siz yillar davomida tanlovingiz qanchalik to'g'ri bo'lganiga guvoh bo'lasiz.
"Gulsanam" turar – joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan. Siz istalgan manzilga qisqa vaqt ichida borishingiz mumkin, chunki ko'plab jamoat transporti bekatlari uyingiz yaqinida joylashgan.
Kiyim va oziq - ovqat sotib olish uchun uzoqqa borish shart emas. Majmuaning o'zida taniqli brendlarning kiyim - kechak do'koni, supermarket mavjud. Bundan tashqari, avtomobillar tartibsiz turmasligi uchun hovlida yer osti va yer usti avtoturargohlari tashkil etilgan.
"Gulsanam" turar - joy majmuasining xonadonlari
1, 2 va 3 xonali xonadonlar xaridorlarga toza ishlov ko'rinishida topshiriladi. Bu sizning vaqtingizni tejaydi va yangi xonadonga tezroq ko'chib o'tishga imkon beradi. Xonadonlar metall kirish eshiklari bilan jihozlangan va ularning har birida isitish tizimi individualdir.