Modera Towers turar joy majmuasi shinam xonadonlar va katta penthauslar, biznes markaz va savdo zonalarini o'z ichiga oladi. Majmua ikkita 24 qavatli binodan iborat bo'lib, ulardan 19 qavati turar-joy uchun mo'ljallangan. 6-qavatda atrofi o'ralgan ochiq hovlisiga ega. 16 ta lift va 242 avtomobil uchun 3 qavatli avtoturargoh mavjud. Modera Towers hududida doimiy tok generatorlari o'rnatilgan va majmua maxsus elektr tarmog'iga ulangan, bu esa tumanning kommunal tizimlardan alohida, mustaqil ravishda ishlaydi.
Infratuzilma
Xonadon egalari quyidagi ichki infratuzilmaga ega bo'ladilar:
- Ochiq va yopiq suzish havzalari;
- Fitnes zali va spa;
- Rezidentlar va mehmonlar uchun restoran;
- Kovorning markazi;
- Toshkent markazida qulay joylashuv;
- Bolalar maydonchalari va boshqalar.
Majmua Yevropa standarti bo'yicha eng yaxshi klub uylari darajasidagi xizmatlarni taklif etadi. Masalan, avtoturargohda valet-servis ishlaydi. Modera Towers xodimlari sizning avtomobilingizni parking qiladi va sizning chiqishingizda avtomobilingizni kirish joyiga olib keladi. Konsyerj ham mavjud.
Xonadonlar
Majmua 17 xil rejalashtirish variantlarini taklif etadi. Panoramali oynalar tashqaridan ham, ichkaridan ham ko'zni quvontiradi. Xonadonlar egalarga yakuniy pardozlash oldi holatida topshiriladi. Xonadonlarni qayta rejalashtirilishi yoki bir nechtasi birlashtirilishi mumkin, chunki oraliq devorlar yo'q.