Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida Jas Development tomonidan yangi “Koʻkcha darvoza” turarjoy majmuasi barpo etildi. 9 qavatli binolarning yuk koʻtaruvchi inshootlari temir-beton monolit karkasdan yasalgan. Binolar zilzilaga chidamli va mustahkam qilib qurilgan. Turarjoy majmuasi toʻrtta blokdan iborat boʻlib, ularning har biri podval, ikki qavatli savdo maydoni, 7 qavat turarjoylar va mansardadan iborat.
Xonadonlar
Turarjoy majmuasi 45dan 132 m² gacha boʻlgan bir xonali, ikki xonali va uch xonali kvartiralardan iborat. Interyerda oʻzingizni turli dizayn fantaziyalaringizni amalga oshirish uchun xonalarga boʼlinmagan uy sotib olishingiz mumkin. Agar taʼmirlashga vaqt sarflashni yoqtirmasangiz, tayyor pardoz ishlari amalga oshirilgan va mebel bilan jihozlangan uylar ham taqdim qilinadi. Bir kvadrat metrning narxi 8,5 million soʻmdan boshlanadi. Muddatli toʻlov rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Infratuzilma
Ichki hududda oʻyin va sport maydonchalari joylashgan. Koʻplab yashil ekinlari bor sayr yoʻlaklari va eksklyuziv favvora qurilgan. Aholi avtoturargoh bilan ham taʼminlangan. Kirish joylari 1000 va 630 kg yuk koʻtaruvchi ikkitadan shovqinsiz liftlar bilan jihozlangan. Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi haqida qaygʻurmasligingiz uchun turar joy majmuasi kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimi hamda videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Uylarning birinchi qavatida doʻkonlar, dorixonalar joylashgan. Yaqin atrofda jamoat transporti bekatlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari bor.