Ekologik toza hududda joylashgan "Dustlik" turar - joy majmuasi xaridorlarga hamyonbop narxlarga ega xonadonlarni taklif etadi. Umumiy maydoni 6 800 m² bo'lgan komfort - klass turar – joy majmuasi 3 ta ko'p qavatli uylar va atrofi o'ralgan shaxsiy hovlisiga egadir. 7 qavatli bino monolit tipga ega va sharqona naqshlar yordamida klassik uslubda qurilgan. Loyiha asoschisi Jas Development majmuada iliq muhit va ko'proq qulayliklar yaratish maqsadida hovlining landshaft dizayni va dam olish zonalariga alohida e'tibor qaratdi. Yangi xonadon oilangizga quvonchli kunlarni olib keladi va bu yerda har kuningiz yorqin xotiralarga to'la bo'ladi.
"Dustlik" TJM infratuzilmasi
Majmua rivojlangan ijtimoiy infratuzilmaga ega. Mustaqillik Maydoni metrosi uydan qisqa masofada joylashgan. Bundan tashqari, yaqin atrofda Yangi O'zbekiston bog'i, savdo markazi, bozor, bank, maktab va bolalar bog'chasi mavjud.
Majmuaning o'zida keng bolalar maydonchasini ko'rish mumkin. Hovlida kuzatuv kameralari o'rnatilganligi sababli, aholi va xonadonlar xavfsizdir. Yashovchilar uyga qaytganlarida, avtomobil uchun bo'sh joy qidirishga to'gri kelmaydi. Hovlida xonadon egalari va ularning mehmonlari uchun ochiq avtoturargoh tashkil etilgan.
"Dustlik" TJM xonadonlari
Katta va kichik maydondagi xonadonlar egalariga qora ishlov ko'rinishida topshiriladi. Xonadonlarda shiftlarning balandligi 3 metrni tashkil etadi va har bir xonadonda keng balkon mavjud. Uylarda yuk ko'tarish quvvati 1 000 tonnadan ortiq bo'lgan liftlar o'rnatilgan.