"Green Park" - Yashnobod tumanida joylashgan betakror komfort - klass turar joy majmuasi. 31 000 m2 maydondagi majmuada zamonaviy qulayliklarga ega hovli barpo etilgan va 10 ta to'qqiz qavatli uy qurilgan. Binoning tashqi ko'rinishi uchun foydalanilgan yashil va oq ranglar har qanday odamning kayfiyatini ko'taradi va hudud toza ekologiyaga egaligini anglatadi. Majmuadagi xonadonlar issiq suv, gaz, elektr va Internet bilan to'liq ta'minlangan. Toza ishlovga ega xonadonlarni sotib olib, siz ta'mirlash uchun ajratgan vaqtingizni ancha tejaysiz.
"Green Park" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Uydan yaqin masofada Ashxobod bog'i, Magnit savdo markazi, Eco Park va restoranlar joylashgan bo'lib, dam olish kunlari oilangiz bilan maroqli vaqt o'tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari, majmua qulay transport almashinuviga ega. Farzandlaringiz uydan 300 metr narida joylashgan 307 - sonli maktabga yoki bolalar bog'chasiga borishlari mumkin.
Majmuada xavfsizlik tizimi mukammal ishlab chiqilgan. Kirish joyida shlagbaum mavjud va hovlida bir nechta kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Xavfsiz hovlida farzandlaringiz istalgan vaqtda sevimli o'yin maydonchasida o'ynashlari mumkin. Yer osti va yer usti avtorargohlari ham aholiga to'liq qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan.
"Green Park" turar - joy majmuasining xonadonlari
Uyning devorlari g'ishtdan qurilgan. Har bir uy tezyurar lift bilan jihozlangan va xonadonlarda asosiy ta'mirlash ishlari tugallangan. Ularning maydoni 38 m² dan 87 m² gacha. Shift balandligi 2,8 metrni tashkil qiladi.