"Central Plaza" - bu milliy va eng zamonaviy qarashlar uyg'unligidagi elita turar - joy majmuasi. Ko'p qavatli binolardan tashqari, ushbu majmuada biznes va savdo markazlari qurilishi rejalashtirilgan. Majmua katta maydonga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 220 000 m² maydonga ega majmuani kichik zamonaviy shaharcha deb atash mumkin. 20 qavatli binodagi xonadonlar, o'rnatilgan katta derazalar va shiftlari balandligi tufayli yorug' va keng ko'rinishga egadir. Ushbu kichik shaharchada siz oilangiz bilan tinch yashashingiz, dam olishingiz va hatto o'z biznesingizni rivojlantirish imkoniyatiga egasiz.
"Central Plaza" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua Shayxontohur tumanida joylashgan. 3 daqiqalik piyoda masofada Alisher Navoiy metrosi mavjud. Agar siz bank, tibbiyot markazi yoki dorixonaga borishingiz kerak bo'lsa, ular uyingizdan 2 qadam narida joylashgan.
Tashkil etilgan keng bolalar maydonchasi, yashil zonalar va favvoralar hovlida yoqimli muhit yarata olgan. Shuningdek, majmuada siz qahvaxona va fitness zalini ko'rishingiz mumkin. Hovlini avtomobillarsiz yanada kengroq qilish va odamlar harakatlanishiga qulay bo'lishi uchun 1 200 ta avtomobilga yer osti avtoturargohi tashkil etilgan. Bunday sharoit va qulayliklardan shuni tushunish mumkinki, ushbu majmua tadbirkor uchun ham, katta oila uchun ham birdek mos keladi.
"Central Plaza" turar - joy majmuasining xonadonlari
Xonadonlar xaridorlarga toza ishlov tugatilgan ko'rinishda topshiriladi. Binoning 19 va 20 - qavatlarida pentxauslarni ko'rish mumkin.