“British House” — Osiyo Stroy kompaniyasi tomonidan qurilgan yangi turarjoy majmuasi, transport va ijtimoiy infratuzilmasi rivojlangan hududda joylashgan. Uning fasadi Britaniya uslubda yaratilgan. Uni terrasalar va atrofidagi yashil landshaft bezab turadi. Quruvchi kompaniya qulay va xavfsiz yashashingiz uchun barcha sharoitlarni taqdim etgan. Yetti qavatli binoda 44 kvadrat metrdan 104 kvadrat metrgacha boʻlgan uch xil loyihadagi xonadonlar joylashgan. Ular tayyor taʼmirlangan va barcha muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan holda oʻz egalariga topshiriladi. Uylarni qulay narxlarda muddatli toʻlovga sotib olishingiz mumkin.
Rezidentlar uchun sharoitlar
Turar joy majmuasi hududida bolalar bogʻchasi va doʻkonlar ishlaydi. Qoʻshnilar davrasida dam olish va qiziqarli suhbatlar oʻtkazish uchun hovlida qulay muhit yaratilgan. Daraxtlar va maysazorlarga ega yashil maydonlar yoqimli mikroiqlim yaratadi. Majmua kecha-yu kunduz qoʻriqlanadi va videokuzatuv oʻrnatilgan. Qoʻshimcha xavfsizlik uchun uyga kirishda domofonlar va ishonchli eshiklar oʻrnatilgan. Avtomobil egalari uchun esa keng avtoturargoh ajratilgan.
Joylashuv
Turar joy majmuasi Chilonzor tumanida, “Novza” metro bekati va Kichik halqa yoʻli yaqinida qurilgan. Atrofda bir nechta bolalar bogʻchalari, 180-maktab, oilaviy poliklinika bor. Koʻplab doʻkonlar, restoranlar va kafelar yaqin joylashgan. Oʻyin-kulgi va dam olish uchun transportda bir necha daqiqada siz Oazis akvaparkiga, Gʻafur Gʻulom bogʻiga, Magic city va Parus savdo markaziga borishingiz mumkin.