BI Group o‘zida madaniy qadriyatlarni mujassam etgan BI SAN’AT nomli yangi turar-joy majmuasini qurmoqda. Ushbu loyiha estetikani, funksionallikni va madaniy meros elementlarini birlashtirib, yashash uchun noyob va qulay makonni yaratadi. Majmua Farg‘ona Yo‘li ko‘chasida joylashgan bo‘lib, bu joy turli infratuzilma obyektlariga qulay kirishni ta’minlaydi.
Infratuzilma
Majmua infratuzilmasi qulay yashash uchun barcha zarur elementlarni o‘z ichiga oladi: zamonaviy liftlar, avtomobillar uchun yer osti avtoturargohi va tunu kun xavfsizlikni ta’minlaydigan qo‘riqlash xizmati. Ichki makon va hovli dizayniga alohida e'tibor qaratilgan, shunda har kim dam olish yoki faol hordiq chiqarish uchun o‘ziga mos joy topishi mumkin bo‘ladi.
Majmua yaqinida Furqat nomidagi istirohat bog‘ joylashgan bo‘lib, u toza havoda sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish uchun ajoyib joy hisoblanadi. Yaqin atrofda ta'lim muassasalari: maktab, bolalar bog‘chasi va universitet joylashgan. Bu majmuani ayniqsa bolali oilalar uchun jozibador qiladi. Bir necha daqiqa yurish masofasida tuman hokimiyati, oilaviy poliklinika, xususiy tibbiy markazlar va dorixonalar mavjud bo‘lib, sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Yashovchilar qulayligi uchun yaqin atrofda oziq-ovqat do‘konlari va kundalik hayot uchun zarur boshqa infratuzilma obyektlari ham mavjud.
Xonadonlar
BI SAN’AT majmuasida qora pardoz bilan topshiriladi, bu esa yashovchilarga interyerni o‘z didlariga mos ravishda bezash va ta’mirlash imkonini beradi. Xonadonlardagi shift balandligi 3 metrdan oshiq bo‘lib, kenglik va yorug‘lik hissini yaratadi. Har bir xonadonda balkonlar mavjud bo‘lib, u yerda dam olish uchun qulay joy yoki mini-o‘simlik bog‘i tashkil qilish mumkin.