Biz kuki-fayldan foydalanamiz.

TJM «Yashnobod Plaza»

Yashnobod tumani, Aviasozlar-2, Zanjirsoy ko'ch.

Ta'rifi

TJM «Yashnobod Plaza»

Turar-joy majmuasi sinfiKomfort
KonsyerjYo'q
DevorlarMonolit
Ochiq avtoturargohBor
XavfsizlikYo'q
Shift balandligi3 metrdan
OmborxonalarYo'q
Tijorat binolariBor
Maydon0.6 gektar
Количество корпусов5
Qavatlik8

Yangi zamonaviy Yashnobod Plaza turarjoy majmuasi shinam xonadonlarni taklif etadi. Sun City Development kompaniyasi tomonidan barpo etilgan ushbu 8 qavatli turarjoy majmuasi Yashnobod tumanida joylashgan boʻlib, 7 hil loyihadagi uylarni taqdim etadi. Undagi ikki va uch xonali kvartiralar juda keng loyihalangan, eng kichik xonadonning maydoni 69 kvadrat metrni tashkil qiladi. Mehmonxona sifatida foydalanish mumkin boʻlgan keng zalga ega ikki xonali uylarda bolalar va ota-onalar uchun ikkita alohida yotoqxona jihozlash imkoniyati bor.

Ichki hudud panjara bilan oʻralgan va kecha-yu kunduz video kuzatuv olib boriladi. Shinam hovlida favvora, bolalar maydonchasi va qulay avtoturargoh qurilgan.

Infratuzilma

Turarjoy majmuasi qulay joylashuvga ega, chunki maktab, bolalar bogʻchasi, poliklinika va dorixonalar piyoda yetib olsa boʻladigan masofada joylashgan. Aviasozlar bozori va supermarket yaqinida yashab, xaridlar uchun uzoqqa bormaysiz!

Turarjoy majmuasining birinchi qavatlarida biznes ofislari, koʻrgazma zallari, butiklar, restoranlar, goʻzallik salonlari joylashadi. Zamonaviy odamga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan hamma narsa bir necha qavat pastda joylashgani aholining koʻp vaqtni tejaydi.

Yashnobod Plazadagi uylar narxlari

Xonadonlarning narxlari loyihasi va ​​tanlangan qavatiga qarab oʻzgarishi mumkin. Ikki xonali uylar uchun 656 million 450 ming soʻm, uch xonalilari uchun esa 952 million 850 ming soʻm soʻralgan.

Immo orqali xonadon topish - bu oson

  • Sizning talablaringizga mos variant topamiz;
  • Quruvchi chegirmalari haqida habar beramiz;
  • Barcha turdagi shartli ipoteka programmasini topamiz.

Joylashish joyi

TJM «Yashnobod Plaza»

O'xshash yangi uylar

TJM «Yashnobod Plaza»

Quruvchi

TJM «Yashnobod Plaza»

Topshirildibitgan obyektlar yo'q
Qurilmoqda0 obyekt

Proyekt deklaratsiyasi bilan quruvchi saytida tanishishingiz mumkin

Klass komfort

Narxni aniqlashtiring

Topshirish muddati

Topshirilgan, 2021 y.

Quruvchi

«Sun City Development»

Sun City Development
Rabad
Rabad