Sifatli va ekologik toza materiallardan qurilgan «Xon Saroy» turarjoy majmuasi o'z aholisiga ishonchlilik va mustahkamlikni kafolatlaydi. U barcha zamonaviy talablarga javob beradi, bu yerda oilalar qulaylikda yashashi uchun barcha sharoitlar bor. Turarjoy majmuasi Yunusobod tumanida, metro bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan boʻlib, rivojlangan tashqi va ichki infratuzilmaga ega.
Infratuzilma haqida batafsil
Xon Saroy qurilish kompaniyasi sizning qulayligingiz va xavfsizligingiz haqida qayg'uradi. Turarjoy majmuasi videokuzatuv kameralari nazorati ostida bo'lgan keng avtoturargoh bilan jihozlangan. Hududning qolgan qismida ham kameralar o‘rnatilgan va qo'riqlash xizmati ishlaydi. Sayr qilish va dam olish uchun keng yashil maydonlar, shuningdek, bolalar maydonchasidagi rang-barang konstruksiyalar butun oilangizga maroqli vaqt o'tkazishga yordam beradi. Podyezdlarda 630 kg yuk ko'tarish qobiliyatiga ega va shovqinsiz ishlaydigan liftlar o'rnatilgan.
Xonadonlar
11 qavatli binoda bir xonadan to'rt xonagacha bo'lgan uylar joylashgan. Xonadonlar egalariga to'liq ta'mirlanmagan holda topshiriladi, ammo agar xohlasangiz, qo'shimcha haq evaziga kompleks ta'mirlashga buyurtma berishingiz mumkin. Har bir xonadonda ikki qavat oynali plastik romlar, temir kirish eshiklari va ikki konturli avtonom isitish tizimi o'rnatilgan. Devorlari yaxshi ovoz izolyatsiyasiga ega material penoblokdan qurilgan. Uylardagi shiftlarning balandligi 3 metrni tashkil qiladi. Xonadonlarni foizsiz muddatli to'lov asosida sotib olishingiz mumkin.