Premium klassdagi Vision turar-joy majmuasi – bu qurilishning ilg‘or texnologiyalari, qulay joylashuv va puxta o‘ylangan rejalashtirish yechimlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy majmua. Uy monolit texnologiyasi asosida qurilgan, devorlari esa gazoblok materialidan tayyorlangan bo‘lib, bu mustahkamlik, uzoq muddatli xizmat qilish va mukammal issiqlik izolyatsiyasini kafolatlaydi. 11 qavatli bino zamonaviy qulaylik va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi. Majmua videokuzatuv tizimi va kirishni nazorat qilish funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu yashovchilar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi. Vision turar-joy majmuasi go‘zal manzarali hududda, sohil bo‘yida joylashgan bo‘lib, yashash va dam olish uchun yoqimli muhit yaratadi. Obodonlashtirilgan bolalar maydonchasi, yashil hudud va sayr yo‘laklari toza havodan bahramand bo‘lish va faol hordiq chiqarish imkonini beradi. Majmua yer osti va yer usti avtoturargohlari bilan ta’minlangan bo‘lib, aholi mashinalarini joylashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydi.
Infratuzilma
Infratuzilma obyektlari piyoda yurish masofasida joylashgan:
- Ta’lim: maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar
- Tibbiyot: shifoxonalar, poliklinikalar
- Savdo: supermarketlar, do‘konlar
- Dam olish va hordiq: kafe, restoranlar, bog‘lar, ko‘ngilochar muassasalar
- Transport qulayligi: asosiy yo‘llarga chiqish, jamoat transporti bekatlari
Xonadonlar
Quruvchi majmuada yashovchilarga turli rejalashtirish imkoniyatlarini taklif etadi:
- 1 xonali xonadonlar – 49,5 m² dan 52,0 m² gacha
- 1+1 (yevro ikki xonali xonadonlar) – 57,1 m² dan 77,8 m² gacha
- 3 xonali kvartiralar – 102 m² dan 150 m² gacha
Barcha xonadonlarning shift balandligi 3,10 metrni tashkil qiladi, bu esa kenglik va shinamlik hissini beradi. Panoramali shovqinga chidamli derazalar uy ichida tabiiy yorug‘lik va osoyishtalikni ta’minlaydi. Barcha xonadonlarda balkonlar mavjud bo‘lib, tabiat va shahar manzaralaridan baxramand bo'lish mumkin.