Uchtepa City turar-joy majmuasi umumiy 6 ta blokdan iborat bo'lib, 2 tadan lift (yuk tashuvchi va yo'lovchi tashuvchi) mavjud. Binoning fasadi granit, keramogranit va travertindan qilinadi.
TJM hududida zamonaviy o'yin maydonchalari, ayvonlar va albatta, majmuada yashovchilar uchun avtoturargoh mavjud.
Infratuzilma
Majmua chorrahada, tuman xokimligining ro’parasida joylashgan. Yaqin atrofda Bog’ishamol parki, Korzinka supermarketi, maktab, bog’cha, apteka, poliklinika, davlat muassasalari, turli oziq-ovqat, kiyim-kechak, xo’jalik mollari do’konlari, ovqatlanish shaxobchalari, avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchasi, masjid, stomatologiya va ko’plab turdagi do’konlar mavjud.
Xonadonlar
Xonadonlarning umumiy soni 612 tadan iborat. 1 xonadan 3 xonagacha bo'lgan xonadonlar bor. Barcha xonadonlar to'liq ta'mirlangan holatda topshiriladi. Xonadon ichida: pardozlash, elektromontaj, santehnika va gazlashtirish ishlari qilinadi.