Eco House qurilish kompaniyasining yangi "Тукимачи" turar - joy majmuasi xaridorlarga zamonaviy va mustahkam qurilgan ko'p qavatli uylarni taqdim etadi. Majmua poytaxtimizning eng obod tumanlaridan biri bo'lgan Yakkasaroy tumanida joylashgan. 9 qavatli uylar monolit tipga ega. Sharqona uslubda qurilgan bu binolar nafis ko'rinishga ega va ayniqsa kechki vaqt yashovchilar ko'zini quvontiradi. Har bir oila o'z xonadonida baxtli va qulay yashashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Majmuada zamonaviy kuzatuv kameralarining mavjudligi kattalarga xotirjamlik hissini beradi.
"Тукимачи" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmuaning tashqi infratuzilmasi rivojlanganligi ko'p xaridorlar uchun katta ahamiyatga egadir. Uydan bir necha daqiqalik masofada supermarket, bank, maktab, xususiy bolalar bog'chasi, dorixona, poliklinika, qandolat do'koni va kafe joylashgan.
Do'stona munosabatga ega qo'shnilar hovlida tashkil etilgan dam olish zonalarida birgalikda suhbatlashib o'tirishlari mumkin. Hovlining markazida o'yin maydonchasi qurilgan bo'lib, bu yerda farzandlaringiz do'stlari bilan quvnoq va havfsiz o'ynaydilar. Turli xil ob - havo sharoitlarini hisobga olgan holda ochiq va yopiq avtoturargohlar tashkil etilgan.
"Тукимачи" turar - joy majmuasining xonadonlari
Loyihada 192 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Ularning maydoni 62 m² dan boshlanadi. Xonadonlar toza ishlov ko'rinishiga ega va ularning barchasi tayyor xonalarga bo'lingan holatda egalariga topshiriladi.