Infratuzilma yaxshi rivojlangan hududda joylashgan Toshkent Plaza turar-joy majmuasi 9 qavatdan iborat. Bino 1 korpusga ega bo’lib, umumiy maydoni 8 sotixni tashkil qiladi. Boni monolit tipida, devor oralari esa gazoblokdan qurilgan. Turar-joy majmuasi ekonom sinfiga kiradi. Yashovchilar uchun ochiq avtoturargoh mavjud. Majmua hududida bolalar maydonchasi va avtomobillar uchun maxsus yo’laklar bor. 1-chi qavat tijorat binolari va eng yuqori qavat mansarda uchun loyihalashtirilgan.
Infratuzilma
Majmua keles yo’li bo’yida, Keles chorrahasining yaqinida qurilmoqda. Transport almashinuvining qulayligi barha kerakli infratuzilmalarga tez va oson yetish imkoniyatini yaratadi. Yaqin o’rtada oziq-ovqat do’koni, maktab, kafe, bank filiali, mehmonxona, bolalar bog’chasi va masjid bor.
Xonadonlar
Xonadonlarning shift balandligi 3,10 metrni tashkil qiladi. Xonalar deyarli tayyor holatda, suvoq qilingan, xonalar orasi bo’lingan, santexnika, issiqlik, suv, kanalizatsiya, elektr tarmoqlariga ulangan holatda topshiriladi. Yakuniy pardozlash ishlari yashovchilarning o’zlarining didlariga mos pardozlab olishlari uchun qoldirilgan. Quruvchi turli xil variantdagi rejalashtirish loyihalarini taqdim etadi. O’zingizga mos, kerakli rejalashtirish loyihasini tanlab olishingiz mumkin.