“Sug'diyona” – zamonaviy qulaylik sinfidagi turar-joy majmuasi. Sergeli tumanida joylashgan. Majmua 13 qavatli binodan iborat bo‘lib, monolit texnologiyasi asosida qurilgan, bu esa uning mustahkamligi va chidamliligini ta’minlaydi. Majmua arxitekturasi har bir detaligacha o‘ylangan bo‘lib, yashash uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Majmua hovlisida bolalar maydonchasi mavjud . Shuningdek, kechki sayr uchun yo‘laklar va avto egalari uchun ochiq avtoturargoh ham mavjud. Binoning birinchi qavati tijorat binolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda do‘konlar, salonlar va boshqa turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashishi rejalashtirilgan.
Infratuzilma
"Sug'diyona" majmuasining joylashuvi uni kelajakda aholi uchun yanada qulayqiladi. Yaqin atrofda barcha zarur infratuzilma obyektlari joylashgan: mahalla qo‘mitasi, Quddus Sharif masjidi, Prezidentning xalq qabulxonasi, 68-maktab va TBS banki bo‘limi. Yaqinida joylashgan oziq-ovqat bozori orqali har doim yangi sabzavot va mevalarni sotib olish mumkin. Shuningdek, bu hududda markaziy poliklinika va boshqa tibbiy markazlar joylashgan bo‘lib, aholiga kerakli tibbiy xizmatlarni tez va qulay olish imkonini beradi.
Majmua yaqinida turli kafe va ovqatlanish shoxobchalari mavjud bo‘lib, uzoq yo‘l bosmasdan turli xil taomlardan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Sport va faol hayot tarzini sevuvchilar uchun bu yerda sport majmualari mavjud. Majmua 800 metr masofadagi "Turon" metro bekatiga yaqin joylashgan.
Xonadonlar
Majmuadagi xonadonlar qora pardoz bilan topshiriladi, bu esa xonadon egalari uchun uyni o‘z didlariga ko‘ra jihozlash imkonini beradi. Shift balandligi 3 metrni tashkil etadi, bu esa xonalarni keng va yorug'ligini ta'minlaydi. Barcha xonadonlar zaruriy kommunikatsiya tizimlari bilan ta'minlangan bo‘lib, yashovchilar yangi uylarini darhol jihozlashga kirishishlari mumkin. Bu yerda qulay va xavfsiz yashash uchun hamma narsa o‘ylangan, turli xil xonadon rejalari esa har bir oila uchun optimal variantni tanlash imkonini beradi.