"Sofia 2" turar - joy majmuasidagi xonadonlar zamonaviyligi, qulayligi va hamyonbop narxga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Umumiy majmua qurilishi uchun 4 200 m² maydon ajratilgan. Loyihada 9 qavatli uylar klassik uslubda qurilishi rejalashtirilgan. G'ishtli binolar xonadonlarni tashqi shovqindan himoya qilishga hizmat qiladi. O'rnatilgan katta derazalar tufayli sizning xonadoningiz kun bo'yi tabiiy yorug'likka ega bo'ladi .
"Sofia 2" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Yangi uy egalari zamonaviy hayot kechirishlari uchun majmua Yashnobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan. Uyning yonida Olmos metrosi joylashganligi juda qulaydir. Bundan tashqari, uyga yaqin masofada ta'lim olish, xarid qilish yoki oilaviy dam olish uchun barcha kerakli muassasalarni topish mumkin.
Majmuaning xususiy hovlisi chiroyli ekilgan daraxtlar va dam olish zonalari bilan juda chiroyli ko'rinishga egadir. Hovlingizda bolalaringizni xursand qiladigan xavfsiz katta o'yin maydonchasi mavjud. Yashovchilar o'z avtomobillarini qulay tarzda joylashtirishlari uchun keng va ishonchli avtoturargoh tashkil etilgan. Yo'laklarning chetiga o'rnatilgan ko'plab chiroqlar tufayli hovli doim yorug'dir va siz kechki ovqatdan so'ng toza havoda oilaviy sayr qilishingiz mumkin.
"Sofia 2" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmuada jami 153 ta xonadon qurilishi va egalariga topshirilishi rejalashtirilgan. 2, 3 va 4 xonali xonadonlarda shiftlarning balandligi 3,2 metrni tashkil qiladi. Yosh yoki ko'p farzandli oilalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda katta va kichik maydondagi xonadonlar qurib bitkaziladi. Uylarda tezyurar liftlar o'rnatilgan va podyezdlar bolalar aravachasini qulay joylashtirish uchun yetarlicha keng qilib qurilgan.