"Samarqand Forum" - bu jahon arxitekturasi andozasi bo'yicha yaratilgan komfort - klass turar - joy majmuasi. Binoning tashqi ko'rinishida sharqona naqshlar va oq rangdan foydalanilgan bo'lib, bu ajoyib natija bergan. Samarqand - yurtimizning eng tarixga boy va turizmda rivojlangan viloyatlardan biridir. Grand House qurilish kompaniyasi ushbu viloyatda uylar qurishda bir nechta maqsadlarni ko'zlagan. Bu maqsadlar mehmondo'st aholi uchun zamonaviy xonadonlarni qurish va ushbu ko'chadan o'tib ketayotgan sayyohlar uchun uylarimizga nisbatan iliq fikr uyg'otishdir.
"Samarqand Forum" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua shahar markaziga yaqin joylashgan, shuning uchun ko'plab muzeylar va diqqatga sazovor joylar qisqa masofada. Shuningdek, yaqin atrofda milliy taomlar restorani, savdo markazi, bozor, poliklinika, supermarket va dorixona mavjud.
Ushbu uylarning o'ziga xosligi shundaki, binoning bir necha qavatlarida daraxtlar ekilgan va ochiq yo'lakchalar tashkil etilgan. Bu qo'shnilar va yaqinlaringiz bilan yig'ilib o'tirishingiz uchun eng zo'r joydir. Majmuaning o'zida do'konlar va yer osti avtoturargohi ham mavjud.
"Samarqand Forum" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmuada mijozlarga 255 ta xonadon taqdim etilgan. Ularning afzalligi tomoni har bir xonadonda keng ochiq terrasalar mavjud. Uni jihozlab siz butun oilangiz bilan ovqatlanishingiz va shahar manzarasidan bahramand bo'lishingiz mumkin. Xonadonlarning maydoni 42 m² dan 120 m² gacha. Ushbu uylardan xonadon sotib olib hayotingizni yorqin daqiqalarga to'ldiring.