Samarqand City – Samarqandning qoq markazida joylashgan turarjoy massivlari, bogʻlar, doʻkonlar, mehmonxonalar va biznes markazlarini oʻzida mujassam etgan ulkan qurilish loyihasi. Turarjoy majmuasi Amir Temur koʻchasining ikki tomonidagi umumiy maydoni 16 gektar boʻlgan hududda joylashgan. Uy-joylarni qurish jarayonida atrofdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Infratuzilma
Turarjoy majmuasi seysmik chidamliligi yuqori boʻlgan 16 qavatli monolit binolardan iborat. Ular Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari asosida qurilgan. Binolar yuqori sifatli infratuzilma bilan oʻralgan boʻladi: amfiteatr, bouling, karaoke-barlar, kafelar, restoranlar, doʻkonlar, koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, korxona va tashkilotlarning idoralari va boshqalar. Shahardagi eng yirik savdo va koʻngilochar markazi majmua hududida joylashadi. Unda favvoralar va hovuzlar boʻlgan katta yashil maydonlar mavjud boʻlib, u yerda dam olish yoki sayr qilish juda maroqli boʻladi. Shuningdek, katta yer osti avtoturargohi, xavfsizlik xizmati, bolalar oʻyingohi va ochiq sport maydonchalari bor.
Xonadonlar narxlari
“Samarqand City” turarjoy majmuasi noyob loyihali va keng balkonlarga ega hashamatli kvartiralarni taklif etadi. Quruvchu kompaniya maydoni 59dan 161 kvadrat metrgacha boʻlgan 2 va 3 xonali uylarni taklif qiladi. Siz ularni 30% oldindan toʻlov qilib muddatli toʻlovga sotib olishingiz mumkin.