Klassik va sharqona uslublarni birlashtirgan "Renaissance" turar - joy majmuasi sizning oilangiz uchun eng yaxshi sharoitlarni taqdim etadi. Majmuada zilzilaga bardoshli 10 ta uylar qurilgan. Ushbu uylarda barchaning xohish - istaklarini inobatga olgan holda katta va kichik maydondagi xonadonlar qurilb bitkazilgan. 10 000 m² maydonda zamonaviy xonadonlardan tashqari, innovatsion qarashlar asosida ko'p funksiyali hovli yaratildi. Uyning birinchi qavati do'konlar uchun mo'ljallanganligi sababli, xarid qilish siz uchun yanada osonroq bo'ladi. Ushbu xonadonlar narxi va joylashuvi qulaydir.
"Renaissance" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Xonadon sotib olayotganda u joylashgan hududning tinchligi va rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Ushbu majmua Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan bo'lib, Mashinasozlar metrosi, Yangi O'zbekiston bog'i, savdo markazi, maktab va Toqay Tepa masjidlari yaqin masofada.
Hovlining loyihalashtirish ishlari va dizayni zamonaviy talablarga muvofiq amalga oshirilgan. Hovliga kirganingizda noodatiy daraxtlar va o'simliklar sizning e'tiboringizni tortadi. Majmuaning o'zida bolalar va futbol maydonchalari ham mavjud. Uy egalarining avtomobillari maxsus avtoturargohda turishi xavfsizdir.
"Renaissance" turar - joy majmuasining xonadonlari
Besh qavatli uylarda siz 1, 2 va 3 xonali xonadonlarni ko'rishingiz mumkin. Ularning maydoni 39 m² dan 109 m² gacha.