"Parkent Avenue" – bu Yashnabod tumanida joylashgan 1 100 xonadondan iborat turar - joy majmuasi. Majmuaning umumiy maydoni 35 000 m2 ni tashkil etadi va binolari g'ishtdan qurilgan. "Parkent Avenue" hozirda VEK qurilish kompaniyasining eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda siz to'qqizta 8 qavatli uylarni ko'rishingiz mumkin. Katta panoramali oynalar orqali xonadoningizda ajoyib tog' manzarasini tomosha qilishingiz mumkin. Har bir uyga SIGLEN kompaniyasining tezyurar liftlari o'rnatilgan. 30 hil rejalashtiruvdagi xonadonlardan o'zingizga mos kelganini tanlashingiz mumkin.
“Parkent Avenue” turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmuaning rivojlangan tashqi infratuzilmasi uy egalari uchun ko'plab qulayliklar yaratadi. Do'stlik metrosi, maktab, bank, bolalar bog'chasi, restoranlar va poliklinikalar uyga yaqin masofada joylashgan.
Hovlida zamonaviy bolalar maydonchasi mavjud. Bu yerda sizning bolalaringiz eng unutilmas damlarini o'tkazadilar. Shuningdek, hovlida yashil o'simliklar va daraxtlarga boy dam olish zonalarini ko'rishingiz mumkin. Avtomobilingizni qulay joylashtirish uchun siz yer osti va yer usti avtoturargohlaridan foydalanishingiz mumkin.
"Parkent Avenue" turar - joy majmuasining xonadonlari
Majmuada yashovchilar va xonadonlarning xavfsizligi uchun 24 soat davomida ishlaydigan kuzatuv kameralari mavjud. Mijozlarga tanlov uchun 1, 2, 3 va 4 xonali xonadonlar berilgan. Shuningdek, kompaniya xonadonni ipoteka krediti asosida sotib olish imkoniyatini taqdim etdi. Xonalarning balandligi 3,40 bo'lganligi sababli, xonadon yorug' va katta ko'rinadi.