O’rikzor Residence turar-joy majmuasi O’rikzor bozori yonida joylashgan bo’lib 47 ta 16 qavatli uylardan iborat. Pastki qavatlar tadbirkorlar uchun sotuv binolaridan tashkil topgan. Monolit karkas tipida qurilgan. Videokuzatuv tizimi, ochiq avtoturargoh, tez yurar zamonaviy liftlar, bolalar maydonchasi va sayr yo’laklaridan iborat hovli.
Infratuzilma
O’rikzor bozorining yonida joylashganligini ushbu majmuaning asosiy afzalligi hisoblanib yaqin o’rtada turmush tarzi uchun kerakli barcha infratuzilma obyektlarini topish mumkin. Xazrati Bilol masjidi, 312-maktab, 251-maktabgacha ta’lim muassasasi, Iqtisodiyot va servis kolleji, Malaka oshirish instituti, bir nechta xususiy tibbiyot markazlari, bank filiallari, oshxona, kafe, restoranlar, avtomobillarga xizmat ko’rsatish shaxobchalari, oziq ovqat do’konlari, mehmonxonalar va ko’p sonli do’konlar joylashgan.
Xonadonlar
Xonadonlar toza suvoq holida, pardozlangan holatda, elektr, santexnika kabi kommunikatsiya tizimlari ulangan holda topshiriladi. Shift balandligi 3 metrdan yuqori. har bir xonadon avtonom isitish tizimiga ega.