"Olmos Residence" - bu har tomonlama mukammal o'ylangan turar - joy majmuining loyihasidir. Biznes - klass majmuasining umumiy maydoni 5 300 m² ni tashkil etadi. Majmua Yashnobod tumanida joylashgan bo'lib, shaharning eng go'zal binolaridan biriga aylandi. 8 qavatli binolar zamonaviy uslubda g'ishtdan qurilgan bo'lib, binoning devorlari va tomi har qanday ob - havo sharoitida ham o'z sifatini yo'qotmaydi. Ushbu majmuaning yana bir afzalligi keng xususiy hovli hisoblanadi. Bunday hovli qo'shnilar bilan o'zaro munosabatlarni yaxshilashga yoki farzandingiz bilan toza havoda sayr qilishga imkon beradi. Aholi va xonadonlar xavfsizligi uchun holatni doimiy nazorat qiluvchi kuzatuv kameralari o'rnatilgan.
"Olmos Residence" turar - joy majmuasining infratuzilmasi
Majmua joylashgan hududda siz barcha jamoat muassasalarini qisqa masofada topishingiz mumkin. Uy yaqinida metro, savdo markazi, masjid, fitnes markazi, go'zallik saloni, maktab, bolalar bog'chasi, restoran va bank mavjud.
Uylarning birinchi qavatlari xarid qilish yoki o'z biznesingizni rivojlantirish uchun savdo markazini taqdim etadi. Hovlingizda bolalaringiz quvnoq vaqt o`tkazishlari uchun turli yoshga mos bolalar o'yin maydonchasi mavjud. Bundan tashqari, sizning yoki mehmonlaringizning avtomobili xavfsizligi uchun yer osti va yer usti avtoturargohlari qurilgan.