Ushbu turar-joy majmuasi Sergeli tumani Xonobod metro bekatiga yaqin masofada Qipchoq shoh ko’chasida joylashgan. Komfort sinfida monolit texnologiyasi asosida quriladi. Majmua 2 ta korpusdan iborat, 16 qavatli binolarni o’z ichiga oladi. Kechyu kunduz videokuzatuv tizimi mavjud. Bolalar maydonchasi, ochiq avtoturargoh va sayr yo’laklari mavjud. 1 ta odam tashuvchi lift mavjud.
Infratuzilma
Majmua shoh ko’cha yaqinida, yo’l bo’yida joylashganligi uchun transport vositalaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Shuning uchun kerakli infratuzilma obyektlariga oson va tez yetib borish mumkin.
Xonadonlar
Xonadonlar 8 turdagi rejalashtirish loyihalari bo’yicha tayyor pardozlangan holda topshiriladi. Shift balandligi 3,1 metr. Isitish tizimi avtonom. Barcha kommukatsiya tizimlari bilan ta’minlangan. 1,2 va 3 xonali xonadonlar mavjud.