“Nurafshon saroy” Olmazor tumanida qurilgan yangi turarjoy majmuasi boʻlib, oʻz aholisiga shahar hayotining barcha qulayliklarini va betakror meʼmorchilikni taqdim etadi. 189ta shinam va zamonaviy xonadonlar 10 qavatli binolarda joylashgan, ularning atrofida rivojlangan infratuzilma mavjud. Binolarning birinchi qavati tijorat uchun moʻljallangan. Bu yerda doʻkonlar, dorixonalar, goʻzallik salonlari va boshqalar boʻladi, obodonlashtirilgan hovlida bolalar maydonchasi, skameykalar, ayvonlar oʻrnatiladi. Shuningdek, butun yil davomida avtomobillaringizga xavfsizlik va optimal haroratni taʼminlash uchun yer osti avtoturargohi taqdim etiladi.
Nurafshon Saroy xonadonlari
Majmuada maydoni 37,8dan 110 m²gacha boʻlgan turli xil loyihadagi 1, 2, 3 va 4 xonali kvartiralarni sotib olish mumkin. 3,10 metrli baland shiftlar uylarda haqiqiy kenglikni yaratadi. Turarjoy majmuasi ochiq rejali uylarni taklif etadi, bu esa interyer dizaynida istagan gʻoyalaringizni amalga oshirish imkonini beradi. Bir kvadrat metrning narxi 12 milliondan boshlanadi. Oldindan toʻlov hajmiga qarab 15%gacha chegirmalarga ega boʻlish mumkin, muddatli toʻlov rasmiylashtirish imkoniyati ham mavjud. 2024-yil oxiriga qadar barcha qurilish ishlari yakunlanib, uylar oʻz egalariga topshiriladi.
Joylashuv
Turarjoy majmuasi qulay joylashuvga ega. Yaqin atrofda avtobus bekatlari bor, Tinchlik metro bekatiga piyoda borsangiz boʻladi. Shuningdek, majmua yonida maktab, bolalar bogʻchasi va Makro supermarketi joylashgan. Yaqin atrofda Chorsu bozori, River Park, Riviera savdo markazi kabi joylar bor.